Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonga import qilinayotgan sovutish uskunalari aksiz solig‘idan ozod qilindi

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalariga (29.07.2019 yildagi PQ-4406-son qarorga qarang) tegishli tuzatishlar kiritildi. 

Umumiy ro‘yxatdan ikkita holat chiqarib tashlandi:

  • sovutish yoki muzlatish va boshqa uskunalar, pivo tayyorlash sanoati uchun mo‘ljallanganlardan tashqari (TIF TN kodi – 8418 69 000 9);
  • dvigatelli ventilyatorlar hamda havo harorati va namligini o‘zgartirish uchun priborlar bilan jihozlangan, sovutish uskunasi va sovutish-isitish sikliga o‘tish uchun klapan (reversiv issiqlik nasoslari) o‘rnatilgan havo haroratini bir xilda saqlash uchun qurilmalar, maxsus ishlab chiqarish binolarida mikroiqlimni saqlash uchun harorat va namlik avtomatik boshqariladigan sanoat konditsionerlari (TIF TN kodi – 8415 81 001 0).

Binobarin, endi ko‘rsatilgan uskunalarni import qilishda aksiz solig‘i to‘lanmaydi. Joriy yilning 1 yanvaridan ular bo‘yicha stavka bojxona qiymatining 10 foizini tashkil etadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va joriy yilning 31 iyulidan kuchga kirdi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi

Axborot xizmati.