Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonliklar bir millat, bir tan, bir jon xalq

Bugun ertalab Samarqand shahar Gagarin ko‘chasi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi oldida sardobaliklar uchun tashkil qilingan xayriya aksiyasida aholi faol ishtirok etdi.

- Xayriya aksiyasida boshqa millat, asosan ruslar ham qatnashdi, - deydi aksiyaga ko‘ngilli tariqasida yordam berayotgan Farrux Bo‘ronov. - O‘zbekistonliklar bir millat, bir tan, bir jon ekanini bugun teran anglab yetdim. Aholi ko‘nglidan chiqarib, qo‘lidan kelgancha yordamini ayamayapti.

Og‘ir kunlarda bir-birini qo‘llab-quvvatlash, dalda bo‘lish, yaqindan ko‘maklashish, mehr-muruvvat ko‘rsatish tili, dini, millatidan qat’iy nazar barcha insonlarga xos qadriyat ekaniga yana bir bor amin bo‘ldim.