Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omda haydovchini jarohatlab, avtomashinani olib qochgan yo‘lovchilar qo‘lga olindi

Kecha, 11 avgust kuni soat 01:00 larda 2 noma’lum shaxs Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida yashovchi 25 yoshli J.B. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli  avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Pastdarg‘om tumani Juma shahri To‘rttom mahallasi hududiga yetib kelganlarida, noma’lum shaxslar haydovchiga tan jarohati yetkazib, uni avtomashinadan zo‘rlik ishlatib tushirib, avtomashinani haydab qochib ketganlar.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Elbek mahallasi hududidan old chap tomon g‘ildiragi yorilgan holda topilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni To‘rttom mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan 20 yoshli M.O. va Nurobod tumani Baraka ko‘chasida yashovchi 24 yoshli X.N.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.