Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pastdarg‘omlik Fanat Qahramonov iordaniyalik raqibini mag‘lub etdi

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa davom etmoqda. Kuni kecha viloyatimiz bokschisi Fanat Qahramonov -75 kilogramm vazn toifasida saralash bosqichida ringga ko‘tarildi.

Viloyatimiz bokschisi dastlabki davrada mezbon sportchi Osama Majid bilan ro‘baro‘ keldi. 3 raund davomida to‘liq ustunlikka erishgan Fanat Qahramonov ikkinchi davra yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, viloyatimiz bokschisi Yodgoroy Mirzayeva terma jamoa vakillari orasida birinchi bo‘lib ringga ko‘tarilib, mikroneziyalik bokschi Jennifer Chiyengni mag‘lub etdi.