Paxtachilik Qahramon Qudrat Suyunov xotira maydoni obod bo‘lmoqda

Paxtachi tumani markazida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, sobiq ittifoq qahramoni Qudrat Suyunov haykali o‘rnatilgan va xiyobon tashkil etilgan.
Ayni ushbu maskanda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Qahramon haykaliga qayta jilo berilib, maydondagi yo‘laklar yangilanmoqda. Hududda 1200 dan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilib, 14-15 mart kunlari o‘tkazilgan xayriya hasharida 500 tup nihol ekildi.
Paxtachiliklar Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligini ushbu ko‘rkam maydondan, qahramon tumandoshlarini yod etish bilan boshlaydilar.
Izzatulla NORQUVVATOV.