Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Putin Bosh vazir lavozimiga Mixail Mishustinni taklif etdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Federal soliq xizmati rahbari Mixail Mishustin nomzodini bosh vazir lavozimiga taklif etdi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.

Putin Mishustin bilan ishchi uchrashuv o‘tkazib, unga hukumat raisi lavozimini taklif etdi.
Uning roziligini olgach, u Mishustin nomzodini bosh vazir lavozimiga ko‘rib chiqishi uchun Davlat dumasiga kiritdi.

Parlament quyi palatasi bu masalani 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda ko‘rib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Dmitriy Medvedev Rossiya Prezidentining Federal Kengashiga yo‘llagan murojaatnomasidan so‘ng hukumat butun tarkibda iste’foga chiqayotganini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik.

Vladimir Putin Federal soliq xizmati rahbari Mixail Mishustinga hukumat rahbarligini taklif etdi.