Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qaroli saraton kasalligining oldini oladi

Qaroli minerallarga boy meva bo‘lib, kaliy moddasi uchun ajoyib manbaa hisoblanadi. Shuningdek ularning tarkibida, hujayralarni tiklanishiga ko‘maklashadigan, nojo‘ya ta’sirlardan organizmni saqlaydigan antioksidantlar mavjud.

Qarolida kaloriya juda kam (100 g.ga bor yo‘g‘i 46 kkal), shu sababli, u qondagi qand miqdorini oshirmaydi. Supermevaning keng qamrovli sog‘liqqa foydali tomonlari aks etgan ro‘yxatni e’tiboringizga havola qilamiz. 

Qaroli yurakni baquvvat qiladi. Antioksidantlarga boy qaroli yurak salomatligini yaxshilaydi va asraydi. Antioksidlar yurak xastaliklari va insultga olib keladigan xolesterinni oksidlanishiga yo‘l qo‘yishmaydi va nojo‘ya ta’sirli omillar bilan kurashadilar.

Qaroli hazm qilish jarayoniga foydali. Qaroli tarkibida, hazm qilish jarayonini yaxshilashga yordam beradigan va o‘n ikki barmoqli ichak faoliyatini sog‘lom saqlaydigan izatin va sorbitol mavjud. Quritilgan va yangi uzilgan qarolini oshqozonda ovqat “tiqilishi”ning oldini olish uchun iste’mol qilsangiz bo‘ladi. 

Qaroli saraton kasalligining oldini oladi. Qaroli po‘stlog‘ining qizg‘ish-ko‘k rangi nojo‘ya ta’sirli omillar bilan kurashadigan antotsianin pigmenti tufaylidir. Qaroli ayniqsa, ko‘krak bezlari va og‘iz bo‘shlig‘i saratonining oldini olish uchun juda foydali.

Qaroli qon aylanishini yaxshilaydi. Qaroli organizmni, boshqa mahsulotlardan temir moddasini qabul qilish hususiyatini oshiradi.  Qolaversa, uning o‘zida kam qonlikni oldini olish uchun zarur bo‘lgan temir moddasi mavjud. Shuningdek, qaroli iste’moli qon aylanishni yaxshilaydi.   

Qaroli qondagi yog‘lar (xolesterin) miqdorini kamaytiradi. Qaroli tarkibida eruvchan hujayralar mavjud, ular qondagi yog‘lar (xolesterin) miqdorini kamaytiradi va jigarda yog‘ yig‘ilishining oldini oladi.

Qaroli teringizga foydali. Qaroli iste’mol qilish teri holatini yaxshilaydi. Meva ajinlarni kamaytiradigan yoshartiruvchi xususiyatga ega. Shunday ekan qaroli sharbatini yosharish uchun ichsangiz bo‘ladi.

Qaroli suyaklar uchun ham foydali. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, qaroli iste’moli suyaklar sog‘lomligini ta’minlaydi. Qaroli tarkibida suyaklar jipslashuvini va mustahkamiligini ta’minlaydigan modda mavjud. Shuningdek meva suyak og‘irligini ta’minlaydigan flavonoid va fenoln to‘qimalaridan iborat.

Qaroli chandiqlarni bitishiga ko‘maklashadi. Qaroli qon aylanishini yaxshilaydi, shu sababli u chandiqlarni tezroq bitishini va o‘rniga yangi teri hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, qaroli iste’moli teri egiluvchanligini oshiradi. Ular sepkillar,  har xil dog‘lar paydo bo‘lishining oldini oladi va ba’zi teri kasalliklarini davolash xususiyatiga ega.

Qaroli soch o‘sishini yaxshilaydi. Qalin va sog‘lom sochga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz qaroli iste’mol qiling. Tarkibida temir moddasining ko‘pligi tufayli, u qon aylanishini yaxshilaydi va soch to‘kilishini sekinlashtirib o‘rniga yangi soch ildizchalarini hosil qiladi.

Qaroli immunitetni yaxshilaydi. Qaroli tarkibida – S, V vitaminlari, beta-karotin va organik kislotalar mavjud. Shu sababli meva immunitetni mustahkamlaydi va tumov va grippdan asraydi.

Qaroli iste’mol qilish kimlarga ta’qiqlanadi.

Eng foydali mahsulotlarni ham foydali tomonlari bilan birgalikda zararli tomonlari ham mavjud. Qaroli ham albatta, bundan mustasno emas.

-  Diareyaga (ich ketishi) moyilligi bo‘lganlar, qarolini ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari zarur.

-  Semizlikdan aziyat chekayotgan insonlarga bir kunda 10 donadan ortiq qaroli iste’mol qilish maslahat berilmaydi.

-  Ayollar emizish davrida, bolani oshqozon va hazm qilish faoliyati buzilishining oldini olib, qaroli iste’molidan o‘zlarini saqlashlari lozim.

Bekzod Musurmonov tarjimasi.