Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Atambayev vatandoshlariga murojaat bilan chiqish qildi: Sobiq prezidentni qo‘lga olishning imkoni bo‘lmadi

Qarorgohiga xujum uyushtirilgandan so‘ng Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev murojaat bilan chiqish qildi. U qurolli kuchlarni o‘z xalqiga o‘q otmaslikka chaqirdi.

“Qurolli kuchlar vakillariga murojaat qilmoqchiman: o‘z xalqingizga o‘q otmang, bularning barchasi sizlar uchun judayam ayanchli yakun topadi”, - davlatning sobiq rahbari so‘zlarini Rambler “Aprel” telekanaliga tayanib keltirdi.

Atambayevni Chuysk viloyatining Koy-Tash qishlog‘idagi qarorgohida  hibsga olish maxsus tadbiri kecha kechqurun boshlangan. Mamlakatning sobiq rahbarining uyini Qurolli kuchlar vakillari o‘qqa tutishgan, javoban uning tarafdolari ham o‘t ochishgan.

To‘qnashuv chog‘ida 47 kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 22 tasi milliy xavfsizlik qo‘mitasining hodimlari, ikkitasi IIV xodimlari va 23 kishi oddiy fuqarolar. Bitta maxsus bo‘lim jangchisi halok bo‘lgan. Sobiq prezidentni qo‘lga olishning imkoni bo‘lmadi. 

Atambayev Qirg‘izistonga 2011 yildan 2017 yilgacha boshchilik qilgan. Bir oy ilgari mamlakat parlamenti uni sobiq prezident statusidan va daxlsizligidan mahrum qilishga qaror chiqargandi, uni korrupsiyaga aloqadorligi haqida shubhalanishgandi.