Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qorako‘l xalqaro matematika maktabi tajribasi Samarqanddagi ixtisoslashgan maktablar faoliyatiga tadbiq etiladi

Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshid Ochilov boshchiligida ta’lim sohasiga mas’ul tashkilot rahbarlari hamda maktab direktorlaridan bir guruhi Qorako‘l xalqaro matematika maktabi tajribasini o‘rganish maqsadida Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.

Joriy yilning 30 avgust kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Yurtboshimiz Qorako‘l xalqaro matematika maktabi erishayotgan yutuqlar, pedagoglar malaka va tajribasini e’tirof etib, maktab faoliyatini o‘rganish va ilg‘or tajribalarini respublika miqyosida ommalashtirish lozimligini ta’kidlagan edi. Qorako‘lga borgan samarqandlik ta’lim sohasi xodimlarining asosiy maqsadi ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash, Qorako‘l xalqaro matematika maktabi faoliyati bilan tanishish, tajribasini Samarqandda tashkil etiladigan matematika va fizikaga ixtisoslashgan maktab-internat faoliyatiga tatbiq etishdan iborat.