Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘iston boks federatsiyasi prezidenti Timur Kulibayev: “Boringlar, o‘zbeklar bilan jang qilinglar!”

Qozog‘iston boks federatsiyasi prezidenti Timur Kulibayev federatsiyaning murabbiylar tarkibiga ko‘rsatma berdi, deb xabar bermoqda Sport.kz.

Jumladan, federatsiya prezidenti: “Hurmatli murabbiylar tarkibi, chiqish jadvaliga qarang. U yerda siz tashkil etadigan janglar geografiyasi qanday omilga tayanib tuzilgan, tushunmayapman. Yonginamizda O‘zbekiston terma jamoasi bor. Sizdan u yerda nimalar bo‘layotganligi haqida ma’lumot tayyorlashni so‘ragan edim. Nega ularda boksga qiziqish juda yuqori? Haqiqatdan ular kuchli sportchilarni tayyorlashmoqda. Sizda esa bu masalaga oid bironta fikr va taklif yo‘q. Siz Gollandiyaga bormoqchimisiz, u yerda nima qilasiz? Boringlar, o‘zbeklar bilan kuch sinashib ko‘ringlar, Olimpiadaga tayyorlaninglar. Sizning haqiqiy raqobatchilaringiz O‘zbekistonda. Ertaga ular bilan “oltin” uchun kurash olib borasiz. Gollandiyada nima bor? Yoki siz sayyohmisiz?..”.