Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘istonda koronavirus oqibatida vafot etganlar uch nafarga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus oqibatida vafot etgan uchinchi bemor qayd etildi. Bu haqda bugun mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ayni kunga qadar Qozog‘istonda 363 nafar koronavirus holati qayd etilgan. Mamlakatda 16 mart sanasidan boshlab favqulodda holat e’lon qilingandi. Nur-Sulton va Olma-Ota shaharlari 19 martdan boshlab karantinga yopilgan.