Quvadagi bog‘dan bomba topildi

Joriy yilning 7 oktyabr kuni soat 16:00 larda Turk mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Abduqodir» bog‘dorchilik fermer xo‘jaligining gilos bog‘idan shartli belgilarsiz, uzunligi 94 santimetr, og‘irligi 150 kilogramm bo‘lgan aviatsiya bombasi topildi. Xayriyatki, hech kimga zarar yetmadi.

«Postda» nashrining xabariga ko‘ra, ayni paytda yo‘q qilish maqsadida harbiy qismga topshirilgan bombaning bog‘da qanday paydo bo‘lib qolgani, qanchalik xavfliligi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.