Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rasul Kusherbayev: Bu ahvolda kasallikni yengib bo‘lmaydi. Keskin chora ko‘rish zarur!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, mamlakatimizga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bir qator cheklovlar o‘rnatildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev telegram kanalida ayrim kimsalarning karantin tartibiga amal qilmayotganini bildirgan.

"Viloyatlarni bilmadimu biroq Toshkent shahrining o‘zida ham odamlar karantin bo‘yicha cheklovlarni jiddiy signal sifatida qabul qilmayapti, tibbiy tavsiyalarga yuzaki yondashmoqda.

Niqob taqish, antiseptik vositalarni ishlatish, uch nafardan ko‘p bo‘lib to‘planmaslik kabi talablar ko‘pchilik uchun havoda qolayapti.

Toshkent ko‘chalarida haliyam avtomobillar ko‘p qaynab yotibdi.

Bu ahvolda kasallikni yengib bo‘lmaydi.

Favqulodda holat joriy etish va og‘ir bo‘lsa ham hammasini chetga surib, keskin choralar ko‘rishdan boshqa chora ko‘rinmayapti", deb yozgan deputat.