Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Registonda fleshmob tashkil etildi

Samarqand shahridagi Registon maydonida sportning taekvando WTF turi bo‘yicha fleshmob tadbiri o‘tkazildi.

Unda 500 nafarga yaqin yosh samarqandlik sportchilar ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etdi.

– Joriy yilning avgust oyida poytaxtimizda taekvando WTF bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilgan, – deydi viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ahror Shamsiyev. – Chempionatda 60 dan ortiq davlatdan taekvandochilar kelishi kutilmoqda. Ushbu musobaqada munosib ishtirok etish uchun tayyorgarlik jarayoni ana shunday fleshmob – ochiq mashg‘ulotlar shaklida o‘tkazildi.

 

Yosh sportchilar va ularning ota-onalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda faxriy sportchilar bilan uchrashuv ham uyushtirildi. Yurtimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida erishilayotgan yutuqlar, jahonda munosib o‘rin egallab, davlatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib qaytayotgan yoshlarimiz safi tobora kengayib borayotgani e’tirof etildi.