Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiyada uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi (Rossiya) ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yil 20 sentyabr kuni sog‘lig‘i holatining keskin yomonlashgani sababli O‘zbekiston fuqarosi S.R. vafot etdi.

Shuningdek, turli baxtsiz hodisalar natijasida 21 sentyabr kuni ayol hamyurtimiz G.N., 22 sentyabrda X.N. vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Ayni paytda Bosh konsulxona O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz jasadlarini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan hamda eslatishicha, Rossiyaning Uzoq sharqiy federal okrugi (Amur oblasti, Kamchatka o‘lkasi, Magadan oblasti, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin oblasti, Yahudiy avtonom oblasti, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.