Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ro‘zaning foydali ilmiy isboti

Germaniyada: Ochlikning ta’sirini o‘rgangan olimlar shunday xulosaga kelishdi, har qanday taom yoki suv to‘liq man qilingan, yengil ishlarni bajargan holda, 10 soatdan 15 soatgacha, kamida uch hafta yoki ko‘pi bilan to‘rt hafta davomidagi ochlik eng mukammaldir.

AQShda: Ro‘zaning qondagi qand miqdoriga va oshqozon shirasining kislotaligiga hech qanday preparatlarsiz ularning miqdorini me’yorda ushlagan holda yaxshi ta’sir ko‘rsatishi eksperimental isbot qilingan.

Angliyada: Pol Bregning davolovchi ochlik usuli keng qo‘llaniladi.

Xitoyda: Olimlar bir yilda bir oylik ochlik – bu hayot va yoshlikning asosi deya hisoblashadi.

Ukrainada: Odessa tibbiyot instituti olimlari izlanishlari natijasiga ko‘ra, ochlik organizmdagi zaharlarni har qanday preparatdan yaxshiroq tozalaydi. Masalan, ro‘za paytida ammiakning chiqarilishi 100 barobar oshadi.

Rossiyada: DGMA tibbiyot fanlari doktori, M.Magomedov insonning yillik bioritmlari almashinishi aynan ramazon oyiga to‘g‘ri kelishini isbotlagan. Ya’ni, bu paytda organizmning kelasi yil uchun bioritmik qayta to‘g‘irlanishi kechadi. Bu paytda organizmdagi hazm traktining barcha sekretsiyalari pasayadi va shunga ko‘ra, kunning yorug‘ paytida, hazm sekretlarining eng kam faolligi davrida ovqat tanovulini organizm qiyinchilik bilan (og‘ir) ko‘taradi. Aynan shuning uchun ham ramazon oyida ro‘za tutmaydiganlarda oshqozon-ichak trakti kasalliklari zo‘rayadi.