Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand kinoteatrlarida “Elparvar” filmi namoyish etildi

“O‘zbekkino” Milliy agentligi “Respublika kinoprokat markazi” viloyat filiali tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida barcha tumanlarda hamda Samarqand shahridagi “Sharq yulduzi” kinoteatrida oliy o‘quv yurti talabalari, harbiy askarlarga “Elparvar” tarixiy filmi namoyish etildi.

 Film qahramoni 16 yoshda. To‘yi kuni uning ovuliga mo‘g‘ullar hujum qiladi. Yigit nafaqat yorini, balki hamyurtlarini qutqarish, Vatan ozodligi yo‘lida kurash olib boradi. Uning mardonavor harakatlari, qiyinchiliklari yosh aktyor Abdug‘ofur Isaxanov tomonidan mahorat bilan ochib berilgan.

Shuningdek, filmda O‘zbekiston xalq artisti Muhammad Rafiqov, Shafoat Rahmatullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fotih Jalolov, Tohir Saidov, Seydulla Moldaxanov, Lola Eltoyeva, Farhod Abdullayev singari aktyor va aktrisalar turli rollarni ijro etishgan.

Farmon ROZIQOV.