Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlarining e’tirozlari o‘z isbotini topmadi

Joriy yilning 28 oktyabr kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatilgan “Samarqand shahar “Elektroset” rahbarining xodimlardan qasdi bor(mi?)” nomli maqola yuzasidan “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ma’lumki, Prezidentimizning 2018 yil 23 oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Samarqand shahrida zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlarning to‘liq o‘rnatilishini ta’minlash maqsadida “Samarqand HETK” AJning 2019 yil 18 oktyabrdagi № 715-sonli buyrug‘iga asosan xodimlarning ish soatlari 12:00 dan 20:00 gacha belgilangan bo‘lib, tumanlardan jalb qilingan ishchi-xodimlarga belgilangan tartibda qo‘shimcha ish haqi berib borilmoqda.

Bundan tashqari, shahar aholisining asosiy qismi kechki payt xonadonida bo‘lishini inobatga olgan holda hamda xodimlarning ixtiyoriy bildirgisiga muvofiq kechki ish tartibi o‘rnatilgan. Hozirgi kunda Samarqand shahrida mavjud 145 ming iste’molchidan 134 mingtasiga zamonaviy hisoblagichlar (ASKUE) o‘rnatilgan (kunlik o‘rtacha 600-700 dona hisoblagichlar) o‘rnatilib kelinmoqda.

Shunga ko‘ra, hisoblagichlarni o‘rnatishning imkoniyati sezilarli darajada kamayib borishini hisobga olib, kechki ish tartibi 12:00 dan 20:00 ga qadar belgilanganligini ma’lum qilamiz.

“Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ axborot xizmati.