Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyatidagi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi avtokorxonalar mutasaddilari diqqatiga!

Joriy yilning 3 aprel kuni «Shahar, shahar atrofi, shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi” tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan OChIQ TENDERLAR koronavirus infeksiya tarqalishining oldini olish va karantin koidalariga rioya qilish maqsadida noma’lum muddatga qoldiriladi.

Mazkur OChIQ TENDERLARni o‘tkazish vaqti haqida ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Batafsil ma’lumotlarni (93) 720–10–06 yoki (90) 271–66–55 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati.