Samarqandda 17,6 tonna mahsulot zararli deb topildi, 4,1 tonna pomidor yo‘q qilindi

Samarqand viloyati o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan joriy yilning shu davrigacha viloyatga keltirilayotgan va olib ketilayotgan 880 kilogramm olma, 700 kilogramm limon, 11655 kilogramm kartoshka va 4450 kilogramm qovun zararli, deb topilgani uchun ortga qaytarilgan.
Shuningdek, 4100 kilogramm pomidor zararlanganligi sabab inspeksiya xodimlari viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda “Toza hudud” DUKka qarashli chiqindi yig‘ish maydonida ko‘mib tashlandi.
Eslatib o‘tamiz, tegishli nizom talablari asosida qishloq xo‘jalik mahsulotlariga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan, sifat sertifikati mavjud bo‘lmagan mahsulotlar mamlakat hududiga kiritilmaydi.
Xolmuhammad MUZROPOV,
viloyat o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi matbuot xizmati.