Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 61 yoshli fuqaro haydovchisiz yurib ketgan benzin tashuvchi avtomobilni to‘xtatib qoldi

Samarqandda mahalliy fuqaro 61 yoshli Nurali Musinov haydovchisiz yurib ketgan benzovozni to‘xtatib qoldi, deb xabar qilmoqda STV telekanali.

Voqea Sug‘diyona massivida yuz berdi. Musinov Nurali o‘z avtomobilida harakatlanib temiryo‘l orqasida joylashgan Ali Qushchi ko‘chasiga chiqadi va u yerda ZIL-131 rusumli benzin tashuvchi avtomobilning g‘ayrioddiy harakatini payqab qoladi. Diqqat bilan avtomobilga nazar solgan Musinov, uning  ichida haydovchi yo‘qligini ko‘rib qoladi. Benzovoz tibbiyot kolleji tomon ketayotgan edi...  

Musinov tezda o‘z avtomobilidan tushib benzin tashuvchi avtomobil ortidan yugurib ketadi. Bir amallab uni quvib yetib, kabina ichiga kirib oladi va uni to‘xtatib qoladi.

Keyin ma’lum bo‘lishicha, benzin tashuvchi avtomobil haydovchisi bir zumga avtomobilni yo‘l chetiga qoldirgan ekan. Qaytib kelgach esa avtomobil yo‘ldan pastga qarab ketayotganini ko‘radi, lekin uni quvib yeta olmaydi.