Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 80 ming tonnadan ortiq meva-sabzavotlar eksport qilindi

Joriy yilning 8 oyi yakuni bo‘yicha Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi 285 ta tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan jami 62  million AQSh dollari qiymatiga ega 80,6 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi .

Tovarlar asosan Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Iroq, Ukraina, Turkmaniston, Gruziya, Belorusiya, Qozog‘iston va Ozarbayjon kabi davlatlarga eksport qilingan. Ayni paytda korxonalar tomonidan o‘z mahsulotlarini eksport doirasini yanada kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

Yerlarimizdan olingan hosillar jahon bozorida yuqori baholanishi, bugun hech birimizga sir emas. Bu esa o‘z mamlakatimiz eksport salohiyati yanada yuksaltirishga undaydi.

O‘z o‘rnida har bir korxonaning eksport operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarini qisqa vaqt mobaynida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish borasida viloyat bojxona xodimlari tomonidan 24 soat davomida yaqindan amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.