Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 84 ta mahallada kasbga o‘qitish maskani tashkil etiladi

Viloyat bandlikka ko‘maklashish dasturida ko‘zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish, tadbirkorlik sub’yektlarini ko‘paytirish hisobidan yangi ish o‘rinlari yaratish, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” resurslarini jalb qilish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan. Bu masala viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda muhokama etildi.

Unda Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, “O‘zsanoatqurilishbank” viloyat filiali bilan birgalikda Qo‘shrabot tumanida parrandachilik loyihasini amalga oshiradi. Tegishli mutasaddilar korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlari, ularni mehnat resurslari bilan ta’minlash maqsadida xususiy sektor va bandlik idoralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun “Samarqand vakansiya” telegram botini ishga tushiradi.

Shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda mavjud 63 ta kooperativlar sonini 150 taga yetkazish va qo‘shimcha 1166 nafar aholining shaxsiy tomorqalarini rivojlantirish maqsadida ajratiladigan subsidiyalar orqali 1,9 ming ishsiz fuqaroning bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Samarqand shahrida “Ishga marhamat” monomarkazi tashkil etish Kattaqo‘rg‘on shahrida ishsizlarni kasbga o‘qitish markazini ta’mirlash, viloyatda 84 ta mahallada kasbga o‘qitish maskanlari tashkil etiladi.

Shuningdek, viloyatda xalqaro va xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan issiqxonalar, intensiv bog‘lar, muzlatkichli omborxonalar tashkil etish loyihalarini amalga oshirish uchun kredit mablag‘larining ajratilishi ham muhokama etilib, mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.

O‘ktam XUDOYBERDIYeV.