Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda qancha bog‘ bor?

Hozirda Samarqand viloyatida 26,3 ming gektar bog‘ maydoni mavjud. Joriy yilning o‘tgan davrida yana 2,6 ming gektar tomchilatib sug‘orish texnologiyasidagi intensiv bog‘ barpo qilindi. 27,5 ming gektardagi tokzorning 22 ming gektaridan hosil olinadi. Yiliga o‘rtacha 3,2 million tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsuloti yetishtirilmoqda.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida viloyatda 2016 yildan buyon 25 ming 700 gektarga (19 ming 700 gektar paxta, 6 ming gektar g‘alla maydoni) qisqartirildi. Qisqartirilgan maydonlarning 2400 gektarida kartoshka, 8300 gektarida sabzavot, 6300 gektarida ozuqa ekinlari, 1400 gektarida moyli va boshqa ekinlar yetishtirilmoqda.