Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda sakkiz oyda 1750 ta oilaviy korxona tashkil etildi

Pandemiya sharoitiga qaramasdan, joriy yilning 1 sentyabr holatiga korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlar bazasiga (KTYaDR) ko‘ra, Samarqand viloyatida 6276 ta oilaviy korxona ro‘yxatga olindi. Hozirda ularning 5977 tasi, ya’ni 95,2 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.

2020 yilning yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 1750 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘z navbatida, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 295 taga yoki 20,3 foizga oshdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, eng ko‘p o‘sish ko‘rsatkichlari savdo sohasida 45,5 foiz, sanoatda 24 foiz hamda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 15,2 foizga o‘sdi.

Ushbu korxonalar salmog‘i tuman (shahar)lar kesimida tahlil qilinganda esa eng katta ulush Samarqand shahrida 293 ta (16,7 foiz), Samarqand tumanida 255 ta (14,6 foiz), Past Darg‘om tumanida 188 ta (10,7 foiz), Urgut tumanida 160 ta (9,1 foiz) hamda Kattaqo‘rg‘on tumanida 136 tani (7,8 foiz) tashkil qilmoqda.

Xurshid HUSANOV,

viloyat statistika boshqarmasi bosh mutaxassisi.