Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda Shimkent shahar o‘zbek drama teatrining “Qashqir uligan tun” spektakli namoyish etiladi

Samarqand viloyat musiqali drama teatrida 18 aprel kuni Shimkent shahar o‘zbek drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Qashqir uligan tun” spektakli namoyish etiladi.

Spektakl Qozog‘icton Respublikasi davlat mukofoti va M.Sholoxov nomidagi Xalqaro mukofot sovrindori Sobit Do‘sanov dramasi asosida rejissyor Sayfiddin Meliyev tomonidan sahnalashtirilgan.

Asarda 21 yoshli Doniyorning to‘yi kuni tasodifan vafot etishi, uning mehribonligi, aqlliligi, insoniy fazilatlari, Seyilxon va Savlening “Qashqir uligan tun”dagi suhbatlari aktyorlar tomonidan mahorat bilan ochib berilgan. Doniyorning onasi Oygulning kasalxonada davolanmay chiqib ketishi va farzand dog‘ida vafot etishi juda ta’sirli yoritilgan.