Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda startap inkubator markazi tashkil etildi

Samarqand shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazida KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) va Keimyung kollej universiteti bilan hamkorlikda startap inkubator markazi tashkil etildi.

Shu munosabat bilan markaz startap g‘oyalar tanlovini e’lon qiladi.

► Tanlov shartlari:

- arizalarni yuridik va jismoniy shaxslar taqdim etishi mumkin;

- g‘oyalar ishlab chiqarishga va xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Ular innovatsiyalar va texnologiyalarga asoslanishi shart;

- loyihaning innovatsionligi avval qo‘llanilmagan yangi texnologiyalar yoki avval ishlab chiqarilmagan yangi mahsulot ishlab chiqarish, yangi xizmat ko‘rsatishni ko‘zda tutishi;

- loyihaning texnik jihatdan mukamalligi, shu jumladan, yakunlanganlik darajasi;

- muhofaza qiluvchi hujjatlar mavjudligi – patent yoki patentga ariza, sinov dalolatnomalari, mahsulot namunasining mavjudligi (agar mavjud bo‘lsa);

- loyihaning mutaxassislar bilan ta’minlanish darajasi, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjudligi;

- loyihaning investitsiya jozibadorligi uning mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli istiqbollariga muvofiqligi, loyihaning qiymati, tavakkalchiliklarning hisobga olinishi, o‘zini o‘zi qoplashi va tavakkalchilik kamaytirilganligi;

- loyiha moliyaviy ta’minotining rejalashtirilayotgan ishlarga muvofiqligi va xarajatlar smetasining asoslanganligi, loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar;

- marketing rejasi, loyihani amalga oshirish strategiyasi, bozor hajmi, sotuv kanallari mavjudligi va hokazo.

► Tanlovda ishtirok etish tartibi:

G‘oyasi bor bo‘lajak tadbirkorlar Samarqand startap inkubator markaziga ariza topshiradi. Ariza qabul qilingandan so‘ng startap g‘oyasini ekspertlar oldida taqdim qiladi.

Saralash bosqichida yuqori natijalarga erishgan 3 o‘ringa eng zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan ofis, yuqori tezlikdagi internetdan va ko‘rsatiladigan xizmatlardan bepul foydalanish imkoniyati beriladi.

1-o‘rin sohibi – 1 yil muddatga ofis bilan ta’minlanadi va startap xizmatlaridan bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.

2-o‘rin sohibi – 6 oy muddatga ofis bilan ta’minlanadi va startap xizmatlaridan bepul foydalanadi.

3-o‘rin sohibi – 3 oy muddatga ofis bilan ta’minlanadi va startap xizmatlaridan bepul foydalanadi.

Tanlovda yuqori natijaga erisha olmagan nomzodlar ham ofis xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Bunda xizmatlar belgilangan tariflar asosida amalga oshiriladi.

Samarqand startap inkubator markazi xodimlari doimo xizmatingizda bo‘ladi.

Bundan tashqari, biznesingizni rivojlantirish uchun viloyatdagi eng ilg‘or korxonalar sizning hamkoringizga aylanadi. G‘oyangizni amalga oshirishda Koreyadan kelgan professor-konsultantlar doimiy ko‘makchingiz bo‘ladi.

⌛ Arizalar 2019 yil 20 noyabrgacha qabul qilinadi.

Arizani startap inkubator markaziga kelib, inkubator xodimlari yordamida rasmiylashtirishingiz ham mumkin.

To‘liq ma’lumotni www.samstartup.uz saytidan olasiz.


Biznes inkubatorga marhamat!

Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 264 a uy.

Murojaat uchun telefonlar: (99866) 221-73-62,

Mo‘ljal: SamDU pedagogika fakulteti.

Avtobuslar mashrutlari: 4, 12, 16, 32, 35, 66, 85, 97

Wyeb Sayt: www.samstartup.uz

Ye-mail: samstartup@mail.ru

Telegram: t.me/samstartup

 

SSIM menejeri M.Kamolov +998902514145

SSIM kordinatori D.Pardayev +998933587870

SSIM adminstratori I.Nurullayeva +998933420310


Reklama huquqi asosida