Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda yana 3 ta charter reys kutib olindi

Bugun, 24 sentyabr kuni Samarqand aeroportida 3 ta charter parvoz kutib olindi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Airports.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan uchib kelgan ushbu parvozlar orqali 900 nafar O‘zbekiston fuqarolari vataniga qaytarildi. Parvozlar iFLy va Azur aviakompaniyalari havo kemalarida amalga oshirildi. Samolyotlar mahalliy vaqt bilan soat 07:42, 08:42 va 11:04 da kutib olindi.

Parvozga faqat 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda PZR analizi orqali tekshirilib, koronavirus yo‘q, degan ma’lumotnomasi bo‘lgan fuqarolarga ruxsat berildi. Shuningdek, uchib kelgan fuqarolar belgilangan tartibda 14 kun davomida uy yoki mehmonxonalarda o‘zini-o‘zi yakkalash majburiyatini o