Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi yangi ochilgan universitetga qabul boshlandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga 2019-2020 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi.

Mazkur universitetda tahsil olish istagida bo‘lgan abituriyentlar quyidagi 5 ta bakalavr (kunduzgi) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:


Iqtisodiyot: oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti (5 ta grant, 20 ta kontrakt,  (5230101);

Iqtisodiyot: qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti  (5 ta grant, 20 ta kontrakt, (5230102);

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)  (10 ta grant, 40 ta kontrakt, (5230900);

Agrobiznes va investitsion faoliyat (5 ta grant, 20 ta kontrakt, (5233300);

Raqamli iqtisodiyot (5 ta grant, 20 ta kontrakt, (5234100);

Eslatib o‘tamiz abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 15 iyulga qadar davom etadi.


Manzil: Samarqand shahri, Dahbed ko‘chasi 45-uy (Bank kolleji binosi).

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +99866-232-41-56;  +99890-742-86-32.

Reklama huquqi asosida.