Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik o‘qituvchi Natalya Chasovskix Fransiyada bepul malaka oshiradi

Fransiya davlati bilan xalq ta’limi tizimida aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan, Xalq ta’limi vazirligi hamda Fransiya elchixonasi o‘rtasidagi kelishuvga binoan 2020 yilda fransuz tili fani o‘qituvchilari uchun tanlov asosida Fransiyada malaka oshirish imkoniyatini beruvchi grant dasturlari e’lon qilindi.

Shuningdek, Respublika ta’lim markazi maktablarda fransuz tili fanining nufuzini oshirish bo‘yicha Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. Jumladan, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturi doirasida qator ustuvor vazifalar belgilab olingan. Ushbu dastur asosida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda Samarqand shahridagi fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fransuz tili fani o‘qituvchisi Natalya Chasovskix "Fransuz tilini o‘rgatishda mening hissam" mavzusida insholar ko‘rik-tanlovida ishtirok etdi. Natijada N.Chasovskix tanlovda g‘olib bo‘lib, Fransiya davlatining ikki haftalik Montpellier shahridagi Accent franc, Ais maktabida malaka oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Albatta, u karantin tadbirlari yakunlangach, Fransiyaga yo‘l oladi.