Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik Shavkatjon Boltayev Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi

Quvaytda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Mazkur musobaqa 14 vazn toifasida o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan 12 tasida terma jamoamiz vakillari finalga chiqib, 12 nafar bokschimizdan 10 tasi final jangida g‘alaba qozonib, o‘z vazn toifasida Osiyo chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ushbu qit’a birinchiligida 10 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medallari bilan yurtimizga qaytib kelishadi. Bunday natijadan keyin umumjamoa bo‘yicha raqamlarga e’tibor berishga hech hojat yo‘qki, vakillarimiz bu borada, shubhasiz, birinchi!

Musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan bokschilarimiz:
-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov.
-37 kg: Hojiakbar Mahmudov.
-40 kg: Farrux To‘laganov.
-43 kg: Umidillo Abdurasulov.
-46 kg: Boburbek Bobojonov.
-49 kg: Lazizbek To‘lqinov.
-52 kg: Dalerjon Bozorov.
-55 kg: Jahongir Narziyev.
-61 kg: Mirzob Nekboyev.
-64 kg: Shavkatjon Boltayev (Samarqand viloyati).

Kumush medal egalari:
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov.
-67 kg: Shahboz Hamidullayev.

Bronza medal egalari:
-70 kg: Aynazar Kenesbayev.
+70 kg: Husanboy Rihsiboyev.