Samarqandliklarning mamlakat yalpi ichki mahsuloti shakllanishidagi ulushi 7 foiz. Bu kammi yoki..?

Samarqand viloyatida yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmi 15,5 trln. so‘mni tashkil etib, viloyatning Respublika yalpi ichki mahsuloti shakllanishidagi ulushi qariyb 7 foizga yetdi.
Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlari soni bo‘yicha viloyat respublikada 3-o‘rinda ketmoqda. Ayniqsa, bu borada Samarqand shahri yetakchilik qilib, joriy yilning shu davrigacha 1,5 mingta yangi korxona tashkil etilgan. Bu bilan viloyatning bosh kenti respublikamizning ilg‘or tuman va shaharlari yettiligida 2-o‘rinni band etmoqda.