Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandning ipak qog‘ozi - umrboqiy, silliq va suvda ivimaydi

Samarqandda tashkil etilgan press-tur ishtirokchilari Samarqand tumanidagi Konigil qishlog‘ida bo‘lib, bu yerda qadimiy Samarqand qog‘ozi tayyorlanish jarayonlari bilan tanishdi.

- Jahonning ko‘plab davlatlarida qadimdan qog‘oz tayyorlash texnologiyasi bo‘lgan, - deydi «Konigil Meros» korxonasi rahbari Zarif Muxtorov. - Misrda papirusdan tayyorlangan qog‘ozlar, sharqda xitoy va yapon qog‘ozlari bunga misol bo‘la oladi. Samarqand ipak qog‘ozi esa o‘zining umrboqiyligi, silliqligi, har ikki tomoniga ham yozish mumkin bo‘lganligi, suvda ivimasligi bilan shuhrat qozongan. Bugungi kunda kuniga 100–110 dona turli hajm, zichlik va ranglardagi qog‘oz ishlab chiqaryapmiz.

Akram BO‘RIYeV.