Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sambochilarimiz qit’ada tengsiz

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida mamlakatimiz sambochilari ham munosib ishtirok etdi.

22 mamlakat sportchilari ishtirokida o‘tkazilgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi 40 ta medalga egalik qildi va umumjamoa hisobida birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Mazkur bellashuvda O‘zbekiston sport delegatsiyasi murabbiylar jamoasi a’zosi Javhar Jabborov boshchiligidagi viloyatimiz sportchilari ham faol qatnashdi. Jumladan, 7 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medallari samarqandlik sportchilar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Xalqaro toifadagi sport ustasi Nodira Gulova ayollar o‘rtasidagi bahsda mamlakatimiz jamoasiga birinchi oltin medalni hadya etdi. Shuningdek, Hakimjon Ismoilov, Gulmira Ismatova, Davlat Hamroyev, Ne’mat Yoqubov, Sardor Shovriqov, Lochinbek Xudoyqulov oltin medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Jonibek Azizov, Azizbek Ubaydullayev kumush va Miranshoh Davronov o‘z vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Zoyir HASANZODA.