Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sarson bo‘lgan tadbirkor kredit olish fikridan qaytdi

Jamshidning aytishicha, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi avvaliga unga oladigan kreditiga garovi yetmasa, 50 foiziga kafil bo‘lishini bildirgan. Ammo negadir bu va’dalarga vafo qilinmasdan yosh tadbirkordan hech qanday davoyim yo‘q, o‘z ixtiyorim bilan kredit olish fikridan qaytyapman mazmunidagi ariza yozdirib olingan. Af­suski, bunday holatlarga juda ko‘p duch   kelyapmiz.

Yoshlarning tadbirkorlik savodxonligini oshirish, ularga biznes tashkil etish hamda yuritishni o‘rgatishga kim befarq bo‘lyapti? Davlat organlari va tashkilotlarning mansabdor shaxslarimi yoki yoshlarning o‘zimi? Xullas, "Yoshlar – kelajagimiz" Davlat dasturining ijrosiga tumanlardagi mas’ullar qachon mas’uliyat bilan yondashadi?