Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Senat raisi, o‘rinbosarlar, qo‘mita raislari saylandi

Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev Senat Raisi va uning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni taqdim qildi.

Senat Raisi lavozimiga Tanzila Norboyeva saylandi. Shuningdek, Senat Raisining o‘rinbosarlari, qo‘mita raislari saylandi.

Bundan tashqari, Bosh vazirning Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risidagi arizasi o‘qib eshittirildi va tegishli qaror qabul qilindi.