Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda qanday kutib olindi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashning navbatdagi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Boku shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yoqub Ayubov, Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Sammitning asosiy tadbirlari 15 oktyabrga mo‘ljallangan. Tashrif doirasida Prezidentimiz qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.