Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sport xabarlari

Kamondan otish

Samarqand shahrida turli yoshdagilar o‘rtasida kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bellashuvlari o‘tkazildi.

M-4 mashqi 18+18, olimpik raundi, miks va jamoaviy yo‘nalishlarida Toshkent shahri, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona va Navoiy viloyatlaridan jami 122 ishtirokchi kubok uchun kurashdi.

Bahs yakuniga ko‘ra, viloyatimiz kamonchilari eng ko‘p medalga sazovor bo‘ldi. Jumladan, kattalar bahsida samarqandlik Ozodbek Ungalov va Munira Nurmanova eng yaxshi natija ko‘rsatdi. Medal jamg‘arish bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Toshkent shahri va farg‘onalik kamonchilar egalladi.

***

Karate WKF

Samarqand shahrida karate WKF bo‘yicha kattalar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida “Qorbobo kubogi-2020” sport musobaqasi o‘tkazildi.

Bellashuvda samarqandlik karatechilar birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni poytaxtlik karatechilar egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Navoiy viloyati vakillariga nasib etdi.

***

Kombat aykido

Samarqand shahrida kombat aykido bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar o‘rtasida viloyat ochiq chempionati tashkil etildi.

Unda umumjamoa hisobida Samarqand tumani birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Past Darg‘om tumani sportchilari ikkinchi va Samarqand shahri ishtirokchilari uchinchi o‘rinni egalladi.

***

Taekvon-do ITF

Samarqand shahrida taekvon-do ITF bo‘yicha “Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘lur” shiori ostida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar o‘rtasida viloyat ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Viloyatimiz vakillaridan tashqari Qashqadaryo, Andijon viloyati va Toshkent shahridan kelgan taekvon-dochilar o‘zaro bahs olib bordi.

Yakunda samarqandliklar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

***

Jiu-jitsu

Samarqand shahrida sportning jiu-jitsu turi bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida viloyat ochiq birinchiligi o‘tkazildi.

Viloyatimiz sportchilaridan tashqari, Jizzax, Surxandaryo, Navoiy viloyatlaridan 200 nafarga yaqin ishtirokchi bahs olib bordi.

Yakunda umumjamoa hisobida samarqandliklar birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rnni jizzaxliklar egallagan bo‘lsa, Kattaqo‘rg‘on shahridan kelgan  ishtirokchilari eng ko‘p medal jamg‘arib uchinchi shrinni band qildi.

Husan ELTOYeV.