Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sport xabarlari

Karate

Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida viloyat birinchiligi o‘tkazildi. Bellashuvlarda 100 nafarga yaqin yosh karatechilar orasidan 12 nafari joriy yilning 15-19 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston kubogi musobaqalari uchun saralab olindi.

Sport raqsi

“Samarkand open-2019” xalqaro turniri tashkil etildi. Respublikamizning barcha viloyatlari hamda Qozog‘istondan kelgan 150 nafardan ortiq bolalar, o‘smirlar, va kattalar yakkalik hamda juftlik bahslarida o‘z mahoratini namoyish etishdi. Yakunda Toshkent shahridan kelgan ishtirokchilarning chiqishi 1-o‘ringa loyiq ko‘rildi. 2-3 o‘rinlar mezbonlar hamda buxoroliklarga nasib etdi.

Akrobatika

Samarqand shahridagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida 2001 yilda tug‘ilgan hamda undan kichik yoshdagi 100 nafarga yaqin o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida viloyat chempionati o‘tkazildi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida A.Saadi va J.Davronov juftligi 1-o‘ringa loyiq ko‘rildi. Qizlar juftligida Sh.Jumayeva va P.Jumayevalarga teng keladigani topilmadi.

Milliy kurash

2002-2003 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.

Viloyatimizning barcha hududidan kelgan 200 nafarga yaqin yosh kurashchilar 11 vaznda gilamda bel olishdi. Yakunda X.Muhiddinov, J.Mavlonov, A.Nortojiyev, X.Choriyev, A.Norbo‘tayev, X.G‘aybullayev, Sh.Bekmurodov, B.Xolimov, D.Yahyoyev va Q.No‘monov o‘z vazn toifasida birinchi o‘rinni egalladi.

***

Payariq tumanidagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman birinchiligi o‘tkazildi.

Murosasiz kechgan bahs yakunida umumjamoa hisobida tumandagi 83-maktab kurashchilari birinchi o‘rin bilan taqdirlandi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar 81- va 84-maktab yoshlariga nasib etdi.

Voleybol

Jizzax viloyatida 2004-2005 yilda tug‘ilgan o‘g‘il va qizlar o‘rtasida Respublika ochiq turniri o‘tkazildi.

Musobaqada Urgut tumanidagi 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabining qizlar jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, tumandagi 63-maktabning o‘g‘il bolalar jamoasi  3-o‘rinni egalladi.

Bekzod AHMEDOV.