Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Stalinning daromadi qancha edi?

2015 – yilda Time jurnali insoniyat tarixidagi eng badavlat insonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Chingizxon, Bill Geyts va Rokfeller bilan bir qatorda bu ro‘yxatda Stalin ham bor edi. Nahotki sobiq ittifoq tuzumi davlati boshlig‘i shu qadar badavlat edi?

Davlat ta’minoti

Stalinning mol-mulkini butun mamlakat boyligidan alohida ko‘rib chiqishning imkoniyati yuq. Chunki unga butunlay davlat ta’minoti biriktirilgan edi. Ko‘p sonli dala hovlilar, uylar, kvartiralar, shuningdek vrachlar, oshpazlar, xizmatkorlar, muallimalar xizmatlari haqi davlat tomonidan to‘langan. Stalin yuqorida qayd etilganlarning barchasiga davlat g‘aznasidan qancha xarajat ketayotganini hatto bilmagan. Undan tashqari, Stalin o‘zi bilan hatto mayda pul ham olib yurmagan. Bir kuni Stalin Borjomidagi dala hovlisida, gruzin tanishlarini uchratib qoladi. Tanishlari suhbat davomida ozroq pulga muhtojliklari haqida gapirishadi. Stalin qo‘l ostidagilardan, shu qatorda qo‘riqchi xodimlardan bosh kiyimiga (shlyapasiga) pul yig‘ishlarini buyuradi. Hammasi bo‘lib 300 rubl yig‘iladi. Stalinga har doim hamma narsa tayyorlab qo‘yilgan, u ba’zida nimani necha pul turishini bilmasdi. Qizi Svetlana Alliluyevaning so‘zlariga ko‘ra, otasi 100 rubl pulni inqilob davrigacha bo‘lganidek katta pul deb hisoblagan. “Shuning uchun u menga 2-3 ming berganda, million beryapman deb hisoblardi”, - tan oladi Svetlana.

Oylik ish haqqi va gonorarlar

Butunlay davlat tomonidan ta’minlanganligiga qaramasdan, Iosif Vissarionovich oylik ish haqqini binoyidek o‘z vaqtida olgan. Boshida oylik, mamlakatda o‘rtacha mehnat haqqidan uch barobar kam edi. Biroq Stalin boshqaruvining so‘ngiga kelib, oylik ish haqqi 10 ming rublga yaqin summani tashkil qilgan. O‘sha vaqtda faqat ko‘zga ko‘ringan fan arboblari – akademik va professorlar shuncha oylik olishgan. O‘ramga o‘ralgan pullarni Stalin o‘zining yozuv stolida saqlagan. Stalinda bu pullarni sarflaydigan joy yuq edi. Oylikdan tashqari Stalin yozuvchilik mehnatlari uchun muntazam gonorarlar olgan. Uning kitoblari, jumladan, chet ellarda ham chop etilgan.

Naqd pul va omonat hisob raqamlar

Stalin vafotidan so‘ng uning dala xovlisida rahbarning mol-mulki ro‘yxat qilingan. Ro‘yxatda kiyim-kechak, buyumlardan va yozuv aslahalaridan tashqari, hisobida 900 rubli bor omonat kitobchasi bor edi. Shuningdek, yana bir bank hisob raqami haqida aniq ma’lumot bor. Stalin vafotidan keyin uning farzandlariga hisobida 30 ming rubl bor omonat kitobchasi topshirilgan.

Biroq qandaydir Kolesnik familiyali tarixchining ta’kidlashicha, bu Stalin boyligining yarmi ham emas. Stalin vafot etganda, uning shaxsiy seyfidan 3.5 million rubldan ortiq pul, shuningdek bu pullar yozuvchilik mehnatlari uchun, har xil vaqtda, tahririyatlar tomonidan berilgan gonorar ekanligini tasdiqlovchi kvitansiyalar topilgan.

Bekzod Musurmonov tarjimasi.

(“Russkaya semerka”dan olindi.)