Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tadbirkorlarning 80,2 milliard so‘mlik kredit qoldiqlari prolongatsiya qilinadi

Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i O.To‘xtayevning ma’lum qilishicha, pandemiya davrida aylanma mablag‘i kamayib ketgan korxonalar quvvatini oshirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqilgan.

Misol uchun, 2019 yil dekabr - 2020 yil fevral oylarida 2 160 tadbirkorlik sub’yekti o‘rtacha 350 milliard so‘m aylanmani amalga oshirgan bo‘lsa, avgust oyida ushbu korxonalar hisobraqamida 14,9 milliard so‘m aylanma amalga oshirilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida sentyabrda ushbu korxonalar hisobraqamida 20,9 milliard so‘m aylanmani amalga oshirishga erishildi. Bundan tashqari, faoliyatini tiklash uchun 125 tadbirkorlik sub’yektiga 57 milliard so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.

Respublikamizda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga bir qator imtiyoz va preferensiyalar berilgan.

Jumladan:

- 5 407 yuridik korxonaga 1 377,1 milliard so‘mlik;

- 2 869 YaTTlarning 66,3 milliard so‘mlik kreditlari muddati uzaytirildi.

184 tadbirkorlik sub’yektlarining 80,2 milliard so‘mlik kredit qoldiqlari bo‘yicha to‘lov muddatini 6 oydan 1 yilgacha uzaytirish (prolongatsiya qilish) yuzasidan Markaziy bankka taklif kiritildi.