Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Talabalar uchun mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollari bo‘lgan tanlov e’lon qilindi

Birlashgan Arab Amirliklari bilan birgalikda talabalar orasida O‘zbekistonda davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha birinchi «mGovAward» respublika tanlovi e’lon qilindi.

«mGovAward» tanlovida ishtirokchilar O‘zbekistondagi mavjud muammolardan birini hal qilishga yordam beradigan mobil ilova yaratishlari kerak bo‘ladi.

Talabalar 5 yo‘nalishda o‘zlarini sinab ko‘rishlari mumkin:

👉 Ta’lim;
👉 Sog‘liqni saqlash;
👉 Turizm;
👉Transport va logistika;
👉 Biznes va G2B.

Tanlovning asosiy mezonlari: ilovaning samaradorligi, uning innovatsionligi va foydalanishda oddiyligi.

Tanlovga arizalarni qabul qilish joriy 26 sentyabrda AKT haftaligi doirasida boshlanadi.

Tanlov mukofot jamg‘armasi - $100,000:

1️⃣-o‘ringa - $50,000;
2️⃣-o‘ringa $30,000;
3️⃣-o‘ringa $20,000.

Shuningdek, g‘oliblar Birlashgan Arab Amirliklariga bepul sayohat va IT-Park inkubatsiya dasturida bevosita qatnashish huquqini qo‘lga kiritadilar.

2019 yil 26 sentyabrda «O‘zekspomarkaz» MKK AJda bo‘lib o‘tadigan «mGovAward» konferensiyasida tanlov haqida to‘liq ma’lumot beriladi.

Tanlov veb-sayti: www.mgovaward.uz