Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Terma jamoamiz Singapur jamoasini ham yengdi

 Jahon chempionati – 2022

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati saralash o‘yinlaridagi uchinchi o‘yinini Singapur termasiga qarshi o‘tkazdi.

O‘zbekiston terma jamoasi mazkur saralash bosqichining “D” guruhida Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur milliy termalariga qarshi kuch sinashmoqda.

Guruh bosqichining dastlabki turida Falastindan safarda qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng Toshkentda Yamanni yirik 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan milliy terma jamoamiz to‘rtinchi turda Singapur termasiga qarshi safarda maydonga tushdi.

Qiziqarli bahslarga boy o‘tgan o‘yinda jamoamiz raqiblarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur uchrashuvda Odil Ahmedov va Eldor Shomurodov (2 ta) raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralash bosqichidagi to‘rtinchi o‘yinini 14 noyabr kuni Toshkentda Saudiya Arabistoni futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.