Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tish tozalayman deb yutib yuborilgan igna 19 yoshli yigitning tanasidan olib tashlandi

Joriy yilning 17 oktyabr kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filiali xirurgiya bo‘limiga tish tozalayman deb igna yutib yuborgan bemor yotqizildi.
Aniqlanishicha, bemor o‘n to‘qqiz yoshli g‘uzorlik Ozod Normatov bo‘lgan.

Filialda ushbu operatsiyani amalga oshirish imkoniyati yo‘qligi sababli markaz bilan kelishuv asosida bemor viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi neyroxirurgiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Unga “bo‘yin umurtqasining uchinchisida, chap yon tomonida yot jism (igna)”, degan tashxis qo‘yiladi.
19 oktyabr kuni shifokorlar Soat Temirov va Suvon Berdiyev tomonidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, hech qanday asoratsiz, qon tomir va nerv tomirlarga zarar bermagan holda igna olib tashlandi.

- Bunday amaliyot viloyatimizda, bizning tibbiyot markazimizda EOP apparati yordamida birinchi marta muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirildi, - deydi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori To‘lqin Rasulov.
"Ayni paytda bemor o‘zini yaxshi his qilmoqda", deya ma’lum qildi Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi.