Samarqandda rossiyalik jarroh murakkab operatsiyani muvaffaqiyatli bajardi
Joylarda bolalar o‘rtasida sil bilan zararlanishni aniqlash uchun tuberkulyoz sinamasi va diaskintest amaliyotlarini tatbiq etish keng yo‘lga qo‘yilmoqda.
Jumladan, 2019 yildan boshlab viloyatimizning shahar va tumanlaridagi tibbiyot birlashmalari tarkibida birlamchi tizimli faoliyat olib borayotgan 589 nafar tibbiy xodimi Ftiziatriya va pulmonologiya markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘qitilib, ularga tuberkulindiagnostika texnologiyalariga oid sertifikatlar berildi.
Tuman tibbiyot birlashmalariga qarashli silga qarshi kurashish bo‘limlari mutaxassislari uchun farmakanazorat tizimi o‘quv kurslari tashkil etildi. Silga qarshi birinchi va ikkinchi qator dorilar bilan davolanayotgan bemorlarda dorilarning nojo‘ya ta’siri bo‘yicha tushunchalar berildi.
Ftiziatriya va pulmonologiya markazining 100 o‘rinli jarrohlik blokida ko‘krak qafasidagi, suyak-bo‘g‘in potologiyasidagi va sil kasalligining o‘pkadan tashqari potologiyalarini radikal davolashda innovatsion jarrohlik amaliyotlari tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Buning uchun Rossiya federatsiyasining Sechenov nomidagi 1-Moskva davlat universiteti ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-tekshirish instituti direktori, professor Dmitriy Geller Samarqandga tashrif buyurdi. Rossiyalik jarroh tomonidan viloyat silga qarshi kurashish dispanserida yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyoti asosida chap o‘pka sirotek sili tashxisi bilan davolanayotgan bemorda pulmonektomiya operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Qalandar QO‘YLIYeV,
viloyat Ftiziatriya va pulmonologiya
markazi direktori o‘rinbosari,
oliy toifali ftiziatr-jarroh.