Samarqandda “chov churrasi” O‘zbekistonda ilk bor laporoskopik usulda operatsiya qilindi
- 27.04.2023 17:04
- 182
- Salomatlik
Avval xabar qilganimizdek, Samarqandda Osiyo endoskopik va laporoskopik xirurglar jamiyati (ELSA)ning “Ipak yo‘lida minimal invaziv xirurgiya” mavzuidagi kongressi o‘tkazilmoqda.
Bugun Samarqand ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgik klinikasida ushbu xalqaro tadbir doirasida seminarda Singapur, Malayziya, Filippin, Yaponiya va respublikamiz tibbiyot sohasi olimlari ishtirok etdi.
Seminardan so‘ng “chov churrasi” laporoskopik usulda operatsiya qilindi.
- Kongressda institutimizdan 12 nafar professer o‘qituvchi ishtirok etyapti, - deydi Andijon davlat tibbiyot instituti dotsenti Umidjon Usmonov. - Kongress doirasida o‘tkazilgan ushbu jarrohlik amaliyoti nafaqat o‘zbekistonlik shifokorlarga bemorlarni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda operatsiya qilish, balki xorijlik shifokorlar bilan tajriba almashish imkonini berdi.
Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan mazkur operatsiya filippinlik va o‘zbekistonlik shifokorlar tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Fazliddin Ro‘ziboyev,
Ezoza Meyliyeva.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
ОТМда таҳсил олаётган талаба нега репетиторга боряпти?
- 13 daqiqa avval
- Ta’lim
So‘zi va ishi bir saxiy inson
- 16 daqiqa avval
- Mutolaa
Adab ilmida benazir inson
- 2 soat avval
- Mutolaa
Sport maktablariga qabul jarayonlari o‘zgardi(mi?)
- 2 soat avval
- Sport
Keksalar yugurishda yoshlarga o‘rnak bo‘ldi
- 2 soat avval
- Sport