Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshpo‘lat tajang hangomalari Kattaqo‘rg‘on teatri sahnasida

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida ulug‘ adib Abdulla Qodiriyning “Diyori bakr” asari asosida rejissyor O.Abdullayev va teatr bosh rassomi Z.Qobilov tomonidan sahnalashtirilgan “Toshpo‘lat tajang nima deydi?” spektaklining premerasi bo‘lib o‘tdi.

Toshpo‘lat tajang savodsiz, mehnatga yon bermagan, sirkasi bit ko‘tarmaydigan, maishatparast odam bo‘lsa-da, jamiyatdagi ayrim amaldor kishilarning nohaqliklarini, nojo‘ya harakatlarini kulgu orqali xalqqa yetkazib bergan obraz. U bilan bog‘liq har bir kulgida xalqning turmush tarzi, achchiq haqiqati yashirin.

Spetaklda iste’dodli aktyorlarning mahoratli ijrosi adib yashagan davrda sodir bo‘lgan voqealar, kamchilik va qusurlarni achchiq kulgi orqali tomoshabinga ko‘rsatib beradi.

Mazkur spektakl haqida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist A.Abdurazzoqov, viloyat musiqali drama teatri rejissyorlari Sh.Sanaqulov, H.Bo‘ronov va keng jamoatchilik vakillari tomonidan iliq fikrlar bildirildi.

Nasiba JONTO‘RAYeVA.