Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uch aka-uka is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi

Jizzax viloyati Sharrof Rashidov tumanidagi Ziyokor mahallasida uch nafar aka-uka va ularning onasi is gazidan zaharlandi. Fojia oqibatida bolalar vafot etishgan, ona reanimatsiya bo‘limida qolmoqda.

SSV jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayevning ma’lum qilishicha, baxtsiz hodisa bugun, 25 yanvar kuni tongda, soat 5:10 lar atrofida ro‘y bergan.

Vafot etgan bolalar - 8, 12 va 14 yoshda. Ularning hammasi o‘g‘il bolalar, onasi - 37 yoshli S.A. hozir reanimatsiya bo‘limida. Shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda.

Ta’kidlanishicha, mazkur hodisa yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ma’lumotlarning barchasi ham to‘g‘ri emas. Ya’ni, ular ovqatdan emas, is gazidan zaharlangan.