Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uchar haydovchiga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 

Bugungi kunda Samarqand shahriga kirish va chiqish yo‘llarida 27 ta to‘siq post tashkil etilgan. Bu maskanlarda viloyat IIB YHXB xodimlari va boshqa mutasaddi idoralar xodimlari  karantin talablaridan kelib chiqqan holda xizmat olib bormoqda.

Afsuski, ushbu postlarda ayrim yurtdoshlarimiz karantin qoidalariga zid harakat qilayotgani ham qayd etilmoqda. Jumladan, bugun – 7 aprel kuni Samarqand tumanining Yuqori Qaynama mahallasi hududidan shaharga kiruvchi yo‘lda harakatlanib kelayotgan 30 O 745 TA davlat raqam belgili “Damas” avtomashinasi haydovchisi 24-to‘siq post orqali Samarqand shahriga hech bir sababsiz kirishga urindi.

Haydovchi uni to‘xtatishga uringan YPX inspektorlariga chap berib o‘tish uchun tezlikni oshirib harakatlanayotganda avtomashina muvozanatini yo‘qotib, yon tomonida bo‘lgan yuk mashinasiga urilib ketdi.

Ushbu huquqbuzar haydovchiga Samarqand tuman ma’muriy sudi tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati.