Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutlik bedarak yo‘qolgan ayol qidirilmoqda

Vohidova Tursuntosh Hamdamovna qidirilmoqda. U 24.03.1986 yil Urgut tumanida tug‘ilgan. Urgut tumani “Mo‘minobod” MFYda yashagan.

Alohida belgilari: bo‘yi 170-175 sm, sochlari qora oq oralagan, tishlari old tepa qismi sariq rangda, pastki qismi oq rangli tabiiy, ko‘zlari qora, gapirgan vaqti tez-tez shoshib gapiradi.

Ushbu shaxs 2019 yil 11 may kuni o‘z yashash uyidan chiqib ketib, shu bilan uyiga boshqa qaytib kelmagan, bedarak yo‘qolgan.

Agarda Siz ushbu shaxsga nisbatan ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki ushbu shaxs haqida biron bir xabar bo‘lsa darhol 66 240-14-55,  97 406-22-92, 97 928-50-04  raqamli telefonlarga xabar berishingizni so‘raymiz.

Ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi va moddiy mukofotlanishi  kafolatlanadi.

Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB JQB.